20:04 / 24.01.2018
10 262

Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi. Farrux Zokirovning xabari bormi?

Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi. Farrux Zokirovning xabari bormi?
Xabaringiz bor, 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda, “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish taklifi bildirilgan edi. Shundan so‘ng, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida huzurida “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil etilib, unga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rais etib tayinlangan edi.

Kuni kecha “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov klubning o‘tgan davrdagi faoliyati, amalga oshirgan ishlari haqida hisobot taqdim etdi.

Bugun, 24 yanvar kuni “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi rais Farrux Zokirov ishtirokisiz o‘tkazildi. “Qalampir.uz” manbasining yetkazgan xabariga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ayni damda AQShda. Shu bois u klubning yig‘ilishida ishtirok etmagan.

Navbatdagi yig‘ilishda “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi Farrux Zokirov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlangan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Abduhoshim Ismoilov, Abdulahad Abdurashidov, Mansur Toshmatov, Munojot Yo‘lchiyeva, Matluba Dadaboyev, Zamira Suyunova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekiston xalq hofizlari Ilhom Ibrohimov, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibragimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Yaxyo va Muxsin Mo‘minovlar, Azim Mullaxonov ishtirok etishgan.

Bundan bir necha yil avval, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov markazi faoliyatini boshlagani haqida xabar berilgan edi. Hatto, alohida xona ham ajratilgandi. Shu-shu markaz faoliyati qayta tilga olinmadi, nima ish bilan shug‘ullanayotgani ham aniq emas. Bu orada Ozodbek Nazarbekov rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimga tayinlandi. Farrux Zokirovning xabari bormi?