22:32 / 02.02.2018
5 425

Jastin Biber tashkilotchilar xatosi sabab lotin “Gremmi”sidan ayrilib qolay dedi

Жастин Бибер ташкилотчилар хатоси сабаб лотин “Гремми”сидан айрилиб қолай деди
Xonanda Jastin Biber Amerika “Gremmi”sidan farqli ravishda Lotin “Gremmi”si deya nomlanuvchi Lotin Amrerikasi san’at va ovoz yozish sohasi akademiyasining musiqiy mukofoti laureatiga aylandi.

Xabarda aytilishicha, Biberning mukofot haykalchasi xatolik sabab musiqa prodyuseri Karlos Eskalon Kruzga berib yuborilgan.

“2018 yilni boshlash uchun ajoyib usul, men Mark Entoni uchun “Gremmi”ni kutib, natijada Jastin Biberning Luis Fonsi bilan “Despasito” remiksi uchun “Gremmi”sini oldim” deb yozadi Kruz o’zining Instagram sahifasida.

Prodyuser shuningdek, hazilomuz tarzda Biberdan o’z haykalchasini qaytarib berishini talab qilgan bir nechta memlar e’lon qildi. Biroq Biberning o’zi unga Karlos Eskalon Kruz nomidagi haykalcha kelgani yoki yo’qligi haqida ma’lumot bermagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jastin Biber tashkilotchilar xatosi sabab lotin “Gremmi”sidan ayrilib qolay dedi