16:28 / 06.02.2018
11 417

«Asal oyi» filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video)

«Asal oyi» filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video)
Rejissyor Jahongir Ahmedovning «Asal oyi» deb nomlangan filmining ilk tizeri e’lon qilindi.

Filmda bosh rollarni aktyor va rejissyor Azamat Ahrorov hamda aktrisa va dizayner Shahzoda Muhamedova ijro etgan.

Filmda, Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedovadan tashqari, Matyoqub Matchonov, Jumadulla Rametov, Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Muhammadiso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamurotov, Alibobo singari akyor va aktrisalar ham suratga tushgan.

Filmning asosiy voqealari Misrning Sharm ash-Shayx shahrida, Turkiyaning Istanbul shahrida hamda Toshkentda suratga olingan.

Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premerasi 17 fevral kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Asal oyi» filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video)