14:25 / 09.02.2018
7 807

Xayrulla Hamidov: "Hayoli ayollar haqida xayollar..."

Хайрулла Ҳамидов: "Ҳаёли аёллар ҳақида хаёллар..."
Ayol haqda juda ko‘plab asar bor…
Asarlarda undan ham ko‘p gaplar bor.

Er zotiga husn bo‘lsa jasorat,
Ayollarga go‘zal xulqu, nafosat.

Er deb atagaylar haq so‘z aytganni,
Xushlamaslar o‘z yo‘lidan qaytganni.

Ammo ayol borasida bo‘lak so‘z
Nozik jinsni go‘zal aylar ibo ko‘z.

Bo‘lsin desang satrlarim bayti soz,
Hayoli ayollar xayolida yoz.

Erni ustun qo‘yib ota-onadan,
Ular uchun ordir chiqmoq xonadan!

Xayollari zavji uchun bo‘lingay,
Tushida ham “dadasi” deb yalingay.

O‘zin sabr otliq o‘tda toblaydi –
Xudoga itoat deb hisoblaydi.

Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh,
O‘zin ayblar beshud deb har qanday chog‘.

Uzr so‘rab charchamagay ba’zi dam
Erin yetmish marta tavof qilsa ham.

Zavjiga chiroyli libosin kiyar,
Er kulgusin ko‘rsa taomdek to‘yar.

…Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli
O‘zgani maftun aylamak xayoli.

Bormi ushbu mulohaza talqini:
Ayol degan so‘ramasmi haqini?

Javobimiz oddiydir, ey birodar,
Ayol dinda erkak bilan barobar.

Ammo ayol siyratining afzali
Xulqu itoatda bekam go‘zali!

Chunki shunday yashab o‘tgan Fotima,
Shundan o‘zingga ol go‘zal xotima.

Fotimai Zahro qilmay hech irim,
Alidan yig‘lablar so‘rmish kechirim.

Ko‘zi shishgan qizin Rosul ko‘rmishlar,
Bu holatning bayonini so‘rmishlar.

Tinglab kuyov tutgan og‘ir mavqifni,
Qara, qanday beribdilar tavsifni:

Rosul demish: “bo‘lmasaydi shul ta’zim,
Jahannamga tushardingiz, jon qizim!”

Hoy onalar, hoy ayollar, tinglangiz,
Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz!

Siz nelarni istayapsiz, bilmadim,
Siyrat o‘qib, yot xulosa qilmadim.

Erlar maqtalganin ko‘rdim janggohda,
Ayollarni eri suygan dargohda!

Olam suygan olima ayollar ham
Qilmaganlar johil erlarin mulzam!

Ey ojiza, ehtimol, bu kulgudir,
Lek olimalik nasibasi shudir!

O‘tmish guvoh, singigan qonigacha
Erin kutgan umr poyonigacha.

Erkak ona poyidan istar jannat,
Er bosgan iz ayoliga kifoyat!

Ahli oqil bu so‘zlarga kulmaydi
Tarix boshqa rivoyatni bilmaydi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xayrulla Hamidov: "Hayoli ayollar haqida xayollar..."