16:39 / 12.02.2018
8 518

Sayyohlarga Buxoro amirligi davriga sayohat qilish taklif etilmoqda

Sayyohlarga Buxoro amirligi davriga sayohat qilish taklif etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi hamda Buxoro viloyat hokimligi hamkorligida sayyohlarni jalb qilish va sayyohlik hududi sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish maqsadida qadimiy Ark qal’asida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda.

Ark qal’asida tomoshabinlar Buxoro amirining rasmiy chiqishiga guvoh bo‘ladi. Harbiy vazirning amirlikdagi tinchlik haqidagi ma’ruzasi tinglanadi. Shundan so‘ng amir Vizantiya, Afg‘oniston, Fransiya va Erondan tashrif buyurgan xorijiy elchilarni qabul qilib, ular uchun kichik konsert dasturini uyushtiradi. Yakuniy qismda esa saroy vakillari Buxoro Amirining yozgi saroyini tark etishadi.


Avvalroq Xivada ham mana shunday loyiha yo‘lga qo‘yilgandi. Unda tomoshabinlar Ichan-qal’aning qishki saroyida xonning rasmiy qabuliga kirish, Eron, Xitoy va Rossiyadan kelgan xorijiy elchilarni qabul qilish kabi marosimlarni kuzatadi. Yakuniy qism kichik konsert dasturi bilan yakunlanadi.

Hozirda Samarqand, Shahrisabz, Qo‘qon kabi tarixiy markazlarda ham mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sayyohlarga Buxoro amirligi davriga sayohat qilish taklif etilmoqda