11:24 / 13.02.2018
51 302

Dilnoza Kubayeva: "Birinchi va haqiqiy muhabbatim..."

Дилноза Кубаева: "Биринчи ва ҳақиқий муҳаббатим..."
Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva «Hordiq» gazetasiga bergan intervyusida o‘zining shaxsiy hayoti, tuyg‘ulari borasidagi savollarga ham aniqlik kiritdi. Birinchi muhabbatingiz kim bo‘lgan, – degan savolga aktrisa shunday javob qaytardi:

— Birinchi va haqiqiy muhabbatim ham rahmatli turmush o‘rtog‘im bo‘lgan. Chunki nikoh muqaddas rishta! Alloh nikoh or­qali juftlikni bir qilsa, bunda boshqacha hayot bo‘ladi. Rahmatli turmush o‘rtog‘im, juda ham xokisor, oddiy va samimiy inson edi. Ayol kishi uchun Allohdan keyingi aziz inson uning eri hisoblanadi, shuning uchun jufti halolimni nihoyatda e’zozladim, qadriga yetdim. Turmushimiz davomida ikki yil hech qanaqa filmlarga qatnashmadim, faqat erimning roziligi bilan yashadim. Ammo shum taqdir bizni ayirdi… Yosh edi, o‘ttizdan endi o‘tganda vafot etdi…

So‘nggi daqiqalarda ham mendan minnatdor bo‘lib, «Onangga rahmat!» dedi. Bugun o‘g‘limning oldida yuzim yorug‘, vijdonim toza. Uning ko‘ziga bemalol qaray olaman. Farzandimdan hech narsani berkitmayman va otasi haqida to‘g‘risini aytganman. Oila qurgan damlarimda juda sabrli bo‘lgan ekanman. «San’atni tashla», deganlarida rad etmasdan san’atdan uzoqlashdim. Qo‘limdan kelgani shu edi… O‘limidan oldin shifoxonaga yotgan paytida ham emizikli chaqalog‘imni onamga tashlab, kecha-yu kunduz yonida bo‘ldim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubayeva: "Birinchi va haqiqiy muhabbatim..."