O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan seriallarni tanqid qildi. Bu haqda “Qalampir.uz”ning ishonchli manbalari xabar yetkazdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar bergan.
Kecha “Qalampir.uz” internet nashrida aynan xususiy telekanallarga efirga uzatilayotgan seriallar haqida “Demadi demang: “Sevgi iztirobi”dan orttirilgan asoratlar badalini ko‘p yillar to‘laymiz” nomli maqola chop etilgan edi. Unda muallif “Zo‘r TV” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) seriali orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlar haqida mulohazalarini bayon etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi