23:01 / 16.02.2018
32 489

Davron Kabulov "Million"ning yangi a’zosini tanishtirdi

Даврон Кабулов "Миллион"нинг янги аъзосини таништирди
Avvalroq, "Million" jamoasi yangi konsert dasturini e’lon qilgani, Otabek Mirzaxolov, Umid Umarov, Shahlo Zoirova hamda Ahmad Temurov jamoani tark etganlari haqida xabar bergan edik. Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi yozganlarida jamoadagi yangi a’zolari ish boshlashini aytgandi. Boshlovchi "Million"ning yangi a’zosini ommaga tanitdi.

"Million"ning yangi a’zosini sizga tanishtirishdan baxtiyormiz! "Quvnoqlar va zukkolar" Respublika ko‘rik-tanlovining 2017 yilgi mavsumi chempioni - Navoiyning "TBT" jamoasi a’zosi, "Eng quvnoq yigit" nominatsiyasi g‘olibi Ma’ruf Nosirov jamoamizning yangi a’zosiga aylandi. Umid kilamizki, iste’dodini charxlash, tinimsiz mehnat, Mirkomil Musayev va Alisher Botirov kabi akalarining maslahatlari va birinchi navbatda, insoniylik fazilatlari orqali Ma’ruf "Million"ning millionlab muxlislari qalbidan mustahkam joy oladi. Xush kelibsan, ukajon!", deb yozadi Davron Kabulov.

Darvoqe, Kabulov jamoaning sobiq a’zolari haqida yaxshi va yomon fikr bildirolmasligini aytib, hammaga insof so‘ragan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov "Million"ning yangi a’zosini tanishtirdi