Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztiroblari” seriali berib kelinayotgan edi. Ushbu serial mazmuni, u tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagani uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingan turli materiallar va chiqishlar e’lon qilindi.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, kuni kecha bo‘lib o‘tgan xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ham aynan ana shu serialga to‘xtalib, oilalardagi ma’naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan. Kun.uz sayti manbalariga tayanib yozishicha, “Sevgi iztiroblari” seriali namoyishi to‘xtatilgan. Ushbu serialning so‘nggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyish etildi.
Ushbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alisher Uzoqov Instagram’dagi o‘z sahifasida serial namoyishi telekanaldan olib tashlanayotganiga ishora bergan. “Bugun so‘nggi marotaba qahramonlaringizni ko‘rib qoling...”, deb yozadi aktyor.
Umid qilamizki, shaxsiy telekanallar serial tanlashda va namoyish qilishda yanada e’tiborliroq bo‘lishadi. O‘zbek ma’naviyatiga, qadriyatlariga mos, tarbiyaviy ahamiyati kuchli seriallar tanlashadi. Zero yuqoridagi serialni yarmida to‘xtatgan bilan uning aksariyat “muxlislari” bozorlarga disk izlashga tushishsa ajab emas. Bu esa boshqa mavzu... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi