AQSH kinoakademiyasi a’zolari nufuzli “Oskar” kinomukofotining g‘oliblari uchun ovoz berishni seshanba kuni boshlashadi. Taqdirlash marosimi 4 mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
“Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha asosiy mukofotga 9 ta kinokartina: “Yo‘qol!”, “Ledi Byord”, “Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”, “Zulmat zamonasi”, “Suv shakli”, “Xayoliy rishta”, “Meni o‘z ismi bilan chaqir”, “Dyunkerk” va “Mahfiy ma’lumotlar” kurash olib boradi.
“Dyunkerk”
“Suv shakli”
“Yo‘qol!”
“Eng yaxshi aktrisa”ga esa Salli Xokins (“Suv shakli”), Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi”), Sirsha Ronan (“Ledi Byord”), Meril Strip (“Mahfiy ma’lumotlar”) va Frensis Makdormand (“Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”) nomzodlari qo‘yilgan.
“Eng yaxshi aktyor” bo‘yicha “Oskar” esa Geri Oldman (“Zulmat zamonasi”), Timoti Chalamet (“Meni o‘z ismi bilan chaqir“), Deniyel Kaluya (“Yo‘qol!”), Deniyel Dey-Lyuis (“Xayoliy rishta”) va Denzel Vashington (“Roman Izrael, Esq.”)lardan biri g‘olib bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi