21:39 / 21.02.2018
5 607

Qirolicha Yelizaveta II moda haftaligiga tashrif buyurib hammani hayratga soldi (foto)

Qirolicha Yelizaveta II moda haftaligiga tashrif buyurib hammani hayratga soldi (foto)
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida moda haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. 91 yoshli Qirolicha Yelizaveta II o‘zining 66 yillik faoliyati davomida ilk bor tadbirning yakuniy taqdirlash marosimiga tashrif buyurib, hammani hayratga soldi.

Qirolicha Vogue jurnalining muharriri Anna Vintur va Britaniya moda kengashi raisi Kerolayn Rash bilan o‘tirdi. Mehmon diqqat bilan moda namoyishlarini tomosha qildi.

Namoyishlardan so‘ng Qirolicha 27 yoshli modelyer Kuinnuni Britaniya dizayni rivojiga hissa qo‘shgani uchun rag‘batlantirdi.

“Qirolichaning moda haftaligiga tashrifi tadbir tashkilotchilariga shon-sharaf bag‘ishladi”, — dedi Britaniya moda kengashi rasisasi Kerolayn Rash.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qirolicha Yelizaveta II moda haftaligiga tashrif buyurib hammani hayratga soldi (foto)