11:12 / 23.02.2018
5 883

O‘zbekistonda turizmni kechayu kunduz targ‘ib qiluvchi xalqaro telekanal ochiladi

O‘zbekistonda turizmni kechayu kunduz targ‘ib qiluvchi xalqaro telekanal ochiladi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shuningdek, O‘zbekiston turizm brendini xorijda targ‘ib qilish masalasi ham tahlil qilindi.

Yig‘ilishda mamlakatimiz investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o‘zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta’kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O‘zbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targ‘ib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli ko‘rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.

Xorij davlatlardagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targ‘ibotchilari bo‘lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda turizmni kechayu kunduz targ‘ib qiluvchi xalqaro telekanal ochiladi