13:56 / 01.03.2018
4 945

Farrux Zokirov Qirg‘iziston prezidenti nomidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Farrux Zokirov Qirg‘iziston prezidenti nomidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
“Yalla” vokal-instrumental ansambli rahbari Farrux Zokirovga 27 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti nomidan “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Kabar nashriga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Farrux Zokirovga mukofotni topshirish Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston prezidenti nomidan ordenni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Sidiqov topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning noyabrida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev “Yalla” guruhi rahbari, xonanda, bastakor Farrux Zokirovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida farmonga imzo chekkandi.

Farrux Zokirov Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, uzoq yillik va samarali ijodiy faoliyati uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farrux Zokirov Qirg‘iziston prezidenti nomidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi