17:25 / 04.03.2018
5 121

AQSHda 2017 yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissyori aniqlandi

AQSHda 2017 yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissyori aniqlandi
AQSHda “Oltin Malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb yozadi “Daryo”.

2017 yilning eng yomon filmi deb “Emoji film” topildi. Shuningdek, ushbu film ssenariysi yilning eng yomon ssenariysi, rejissyori Toni Leondis esa yilning eng yomon rejissyori bo‘ldi.

“Yilning eng yomon filmi” nomiga “Transformerlar:so‘nggi ritsar”, “50 tusga to‘qroq”, “Mumiya” va “Malibu qutqaruvchilari” filmlari da’vogarlik qilgan.

“Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz yilning eng yomon aktyori deb topildi.

“Medeyaning xellouini 2” kartinasida ayol obrazini yaratgan aktyor Tayler Perri yilning eng yomon aktrisasi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » AQSHda 2017 yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissyori aniqlandi