14:22 / 05.03.2018
10 943

Orolmirzo Safarov “Xalq artistlari” klubidan nega xafa bo‘ldi?

Orolmirzo Safarov “Xalq artistlari” klubidan nega xafa bo‘ldi?
Samimiy, dilkash va Alloh yuqtirgan iste’dod egasi, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo SAFAROV “Darakchi” gazetasining "Uchrashuv” loyihasida mehmon bo‘lib, o‘zini qiynagan ayrim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— “Xalq artistlari” klubi faoliyat yurityapti. O‘zbekiston xalq xofizi sifatida siz ham bu klubga a’zomisiz?
— Yo‘q! Shu kungacha bunday taklif bilan menga murojaat qilishmadi. “Xalq artistlari” deb nomlangani uchun xalq hofizlarini jalb qilmagan ko‘rinadi. Vaholanki, O‘zbekistondagi 14 nafar O‘zbekiston xalq hofizi unvonini olganlar ham bu klubga a’zo bo‘lib, o‘z fikrlarini aytishga haqli.

— Xafa bo‘lgan ko‘rinasiz...
— Rosti, ko‘nglim og‘ridi. Chunki O‘zbekiston xalq hofizlarining hurmati va maqomi ham baland hisbolanadi. Buni ham e’tiborga olishsa, yomon bo‘lmasdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Orolmirzo Safarov “Xalq artistlari” klubidan nega xafa bo‘ldi?