10:21 / 07.03.2018
6 658

Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?

Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?
“Bojalar” guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonov biz bilan bo‘lgan suhbatda, televideniyedagi faoliyatiga tanqidiy fikr bildirgan tomoshabinlarga javob berib o‘tdi.

— Teletomoshabinlarning har bir fikrini to‘g‘ri qabul qilaman. To‘g‘ri, ishonmasligingiz mumkin, lekin tanqidni yaxshi ko‘raman. Chunki tanqid xatolarimizni ko‘zgudek, o‘zimizga ko‘rsatib beradi. Kamchiliklarni esa doimiy ravishda to‘ldirib borishga harakat qilyapmiz.

Odamlar efirga uzatilayotgan hajviy ko‘rsatuvlar haqida ko‘p salbiy fikr bildirishyapti. Fursatdan foydalanib bir gapni alohida aytib o‘tsam degandim. Menimcha, san’atga qiziqqan har bir insonning iqtidorini namoyish etishga haqqi bor. Masalan, agar vaqtida rahmatli Mo‘min Oripov ikkimizga ustozimiz Tohir Sodiqov o‘z konsertida chiqish imkonini bermaganida, balki biz bugun umuman sahnada bo‘lmasdik. Tohir akaning yakkaxon konsertida bor-yo‘g‘i bitta qo‘shiq kuyladik va bu bizga ko‘plab eshiklarni ochdi. Shuning uchun ham bugun ijod qilaman degan yoshlarga oz bo‘lsa ham vaqt ajratishga harakat qilyapman. Kimdir eplab ketadi, kim esa yo‘q. U yog‘i menga bog‘liq emas. Tanqidchi va tahlilchi tomoshabinning o‘zi, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tohir Sodiqov Poziljonovga qanday yordam bergan edi?