10:30 / 07.03.2018
8 797

Yulduz Usmonovadan tortib Munisa Rizayevagacha! Soliqdan qarzi bor 2070 nafar san’atkorlar ro‘yxati

Yulduz Usmonovadan tortib Munisa Rizayevagacha! Soliqdan qarzi bor 2070 nafar san’atkorlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qarzdorligi bo‘lgan san’atkorlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. “Qalampir.uz” taqdim etilgan ro‘yxat butun respublika miqyosida tuzib chiqilgan bo‘lib, unga 2018 yilning 28 fevral holatiga ko‘ra qarzdorligi bo‘lgan 2070 nafar san’atkor kiritilgan.

E’tiborlisi shundaki, ushbu ro‘yxatdan taniqli san’atkorlar nomi ham o‘rin olgan.

Xususan, O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayevning 9 ming, Yulduz Usmonovaning 344 ming, Mahmud Nomozovning 815 ming, Zulayho Boyxonovaning 86 ming, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Izzat Ibrohimovning 673 ming, Sardor Rahimxonning 167 ming, Hajiakbar Hamidovning 86 ming, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidovning 70 ming, xonandalar Anvar G‘aniyevning 13 ming, O‘lmas Ollaberganovning 7 ming, Feruza Jumaniyozovaning 168 ming, Nargizning 167 ming, Shohruhxonning 167 ming, Aziza Nizomovaning 483 ming, Sanjar Xoliqovning 463 ming, G‘ayrat Usmonovning 169 ming, Munisa Rizayevaning 156 ming, Umidaxon Xo‘jayevaning 153 ming, Farrux Ahmedovning 984 ming, Aziz Rajabiyning 826 ming, Izzatilla Shukurovning 337 ming, Ravshan Sobirovning 243 ming, Mohimning 1 million 3, Aziz Rametovning 365 ming, Muzaffar Abduazimovning 110 ming, Dilshod Xoliqovning 335 ming, Umar Shamsiyevning 18 ming, Rohila Ro‘zimovaning 172 ming, Aziza Niyozmetovaning 429 ming, Adham Soliyevning 172 ming, Otabek Mutalxo‘jayevning 421 ming, Abdulla Qurbonovning 173 ming, Gulzoda Xudoynazarovaning 1 million 140 ming, Alijon Isoqovning 506 ming, Mansurxon Nurmatovning 792 ming, Sardor Mamadaliyevning 359 ming, Oybek Hamroqulovning 7 ming, ustazoda xonanda Zohirshoh Jo‘rayevning esa 172 ming qarzi borligi aniqlangan.

Ro‘yxatdan jami uch aktrisa o‘rin olgan. Unda keltirilishicha, Halima Ibragimovaning 1 million 445 ming, Zamira Beshimovaning 621 ming, Shahzoda Muhammedovaning 19 ming qarzi borligi aniqlangan.

Qarzdorlarning umumiy ro‘yxati bilan quyidagi ro‘yxat orqali tanishishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovadan tortib Munisa Rizayevagacha! Soliqdan qarzi bor 2070 nafar san’atkorlar ro‘yxati