“O‘zbekiston havo yo‘llari” charter reysi orqali 6 mart kuni 100 dan ortiq o‘zbek qo‘shiqchilari, raqqoslari va musiqachilari Dushanbega yetib borishdi.
Ular 9 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Do‘stlik oqshomi” konsertida chiqish qilishadi. Tojikiston tomondan 150ga yaqin qo‘shiqchi, musiqachi va raqqoslar chiqishi rejalashtirilgan.
Ikki davlat rahbarlaridan tashqari bayramona tadbir tomoshabinlari qatoridan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumat va parlament a’zolari, jamoatchilik vakillari ham o‘rin oladi.
O‘zbek artistlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farpux Zakirov, Ozodbek Nazarbekovlar bor. Tojikiston tomondan konsertda Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova va opera qo‘shiqchisi Rustam Duloyevlar ishtiroki nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon taklifi bilan 9-10 mart kunlari Dushanbeda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi