Rejissyor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” deb nomlangan filmining premyerasi 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bir yildan ortiq vaqt davomida suratga olingan mazkur kartinada bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirovalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova, Behzod Hamroyev, Malika Jo‘rayeva singari mahoratli aktyor va aktrisalar jamoasi jamlangan.
Mikoyil Suleymanov ssenariysi asosida suratga olingan “Oppoq orzular” filmining premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur film Anvar Sobirovning kinodagi olti yillik tanaffusdan keyingi ilk filmidir. Anvar Sobirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga “Va nihoyat 378 kunlik mehnat nihoyasiga yetdi, bu mehnatga munosib baho berish siz aziz muxlislar hukmiga havola”, deya izoh qoldirgan.
“Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlarining ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Oppoq orzular” filmi “Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlari kabi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ladimi-yo‘qmi tez orada bunga o‘zimiz baho berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»