20:43 / 09.03.2018
10 227

O‘zbekistonlik 100 nafar san’atkor Tojikistonda! (video)

O‘zbekistonlik 100 nafar san’atkor Tojikistonda! (video)
Bugun Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari yangradi. Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon yakkama-yakka muzokara o‘tkazdi.

Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Oldinda yana bir qator oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tashrif doirasida biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida konsert tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalarining “Do‘stlik oqshomi” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etiladi. Tojik ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, konsert 9 mart kuni “Ko‘hi Borbad” kinokonsert majmuasida bo‘lib o‘tadi. Konsertda o‘zbekistonlik san’atkorlardan shuningdek, Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov chiqish qiladi.

Internetda o‘zbekistonlik san’atkorlarning Tojikiston poytaxtiga yetib borgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” charter reysi orqali 6 mart kuni 100 dan ortiq o‘zbek qo‘shiqchilari, raqqoslari va musiqachilari Dushanbega yetib borishdi.

Konsert dasturida Tojikiston tomondan 150ga yaqin qo‘shiqchi, musiqachi va raqqoslar chiqishi rejalashtirilgan. O‘zbek artistlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farpux Zokirov, Ozodbek Nazarbekovlar bor. Tojikiston tomondan konsertda Davlatmand Xolov, Nigina Amonqulova va opera qo‘shiqchisi Rustam Duloyevlar ishtiroki nazarda tutilgan.

Ikki davlat rahbarlaridan tashqari bayramona tadbir tomoshabinlari qatoridan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumat va parlament a’zolari, jamoatchilik vakillari ham o‘rin oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik 100 nafar san’atkor Tojikistonda! (video)