13:12 / 12.03.2018
6 867

"Bugun erta tongda bir qizni ko‘rdim..."

"Бугун эрта тонгда бир қизни кўрдим..."
Bugun erta turib bir qizni ko‘rdim
Metroda, charog‘on vagon ichida.
U pari qarshimda o‘tirar edi,
Qoldirib telbani armon ichida.

Go‘zallik shunchalar qulf urar edi,
Shunchalar lobarlik, shunchalar malol.
Kokillar bir mayin zulf o‘rar edi,
Dudoqlar, lablarda kezardi xayol.

Ko‘zlar fazolarga olib ketardi,
Kipriklar chehraga soya solgudek.
Bekatlar shovqinsiz bir-bir o‘tardi,
Guyoki vaqt, hayot to‘xtab qolgandek.

Faqat termulardim, hushsiz va hayron,
Bilmasdim, tongdagi bu tushmi, ro‘yo.
Har safar manzillar qilinsa e’lon,
Go‘yoki chirpirak bo‘lardi dunyo.

Bugun erta tongda bir qizni ko‘rdim,
Uni olib qoldi Darxon bekati.
Poyezd qo‘zg‘olganda o‘rnimdan turdim,
Faqat shunga yetdi ojiz jur’atim.

Metro yelar edi, metro shoshardi,
Endi menga yo‘qdir vaqtning qizig‘i.
Yana bosh ko‘tardi ko‘milgan dardim,
Armonlar ichida yashash yozig‘im.

Esga tusharmikan orazing yodi?
Bu tumonat aro parishon turdim....
Metroda, charog‘on vagon ichida.
Bugun erta tongda bir qizni ko‘rdim.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Bugun erta tongda bir qizni ko‘rdim..."