09:32 / 14.03.2018
7 160

“SCORPION” — Buxoroda!

“SCORPION” — Buxoroda!
1 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan yoshlar ijod saroyida “SCORPION” filmining suratga olish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik...



Ayni kunlarda film sahnalari Buxoro viloyatida suratga olinmoqda.




Eslatib o‘tamiz, “SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaraladi.


Filmda kino sohasiga aloqador bo‘lmagan birorta mutaxassis faoliyat olib bormayapti. Yurtimiz kinematografiyasida yetishmayotgan mutaxassislar xorijiy mamlakatlardan taklif etildi.

Shuningdek, kartinaning suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilmoqda, ya’ni bugungi filmlardan farqli o‘laroq u qayta ovozlashtirilmaydi. Bu esa aktyorlardan ham o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashish, qahramonining har bir so‘zini tamomila yodlash, his qilishni talab etmoqda.

Rossiyadan loyiha uchun yurtimizga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o‘zida xomaki montaj qilib borishyapti.

Film ijodiy va texnik jamoasini — O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi.

Loyihaning katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqeasi sifatida unda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim (o‘zbek tomoshabinlariga “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan yaxshi tanish)ning ishtirokini qayd etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi hamda film prodyuseri Oybek Abdushukurov Murat bilan Istambul shahrida shartnoma imzoladi.

“SCORPION”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinadi. Uning aynan qaysi obrazda chiqishi hozircha sir tutilmoqda.

Murat Yildirim mart oyining oxirgi o‘n kunligida o‘z rolini ijro etish uchun O‘zbekistonga keladi.

Film bosh qahramonlaridan biri (aka roli)ni Farhod Mahmudov ijro etadi. Ikkinchi bosh qahramon (uka roli) ijrochisi hozircha sir tutilmoqda.



Shuningdek, filmda elimiz suygan san’atkorlar Karim Mirxodiyev, Ra’no Shodiyeva ham suratga tushishmoqda.

Film davomiyligi: 90 daqiqa

Prodyuser: Oybek Abdushukurov
Rejissyor: Muxlisa Azizova

Ssenariy mualliflari: Bob Andervud (AQSh), Rashid Malikov
Operatorlar: Maks Tsui (Germaniya), Jasur Shametov

Rassom: Doniyor Abdurahmonov
Kartina direktori: Sayyora Xudayberdiyeva
Liboslar bo‘yicha rassom: Elsevar Ishoqova

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “SCORPION” — Buxoroda!