14:55 / 16.03.2018
10 987

Aktrisa Dipika Padukonining yolg‘onlari fosh bo‘ldi

Aktrisa Dipika Padukonining yolg‘onlari fosh bo‘ldi
Biz san’atkorlarni yaratgan obrazlari, betakror raqslariyu qo‘shiqlari uchun yaxshi ko‘ramiz. Lekin shou-biznes olami shafqatsiz. Shu bois bo‘lsa kerak, ko‘p hollarda yulduzlar piar uchun ham turfa yolg‘onlarni ishlatishadi. Bollivud aktrisasi Dipika Padukoni ham bu borada hamkasblaridan ortda qolayotgani yo‘q.

Hind aktrisalari birinchi navbatda, tug‘ilgan yili borasida yolg‘on ishlatishga odatlanib qolishgan. «Sevishdan qo‘rqma» filmi promoshousi oldidan muxlislar debyutant aktrisaning 19 yoshda ekanligidan hayratga tushishgandi. Butun suratga olish guruhi buni tasdiqlar, Shohrux Xon esa «Bola mehnatini ekspluatatsiya» qilayotgani bilan hazillashardi. Ammo bu yolg‘onni Dipikaning o‘zi fosh qilib qo‘ydi. Oldiniga aktrisa suhbatlarining birida «O‘g‘irlanmagan kelin» filmini 9 yoshida tomosha qilganini aytdi. Keyin esa 2008 yilgi intervyusida: «Singlim mendan 5 yosh kichkina. U ham otam kabi sportchi bo‘lishni istaydi. 19 yoshida yaxshi natijalarga erishib bo‘ldi», dedi. Oddiygina hisob-kitob natijasida shuni bilish mumkinki, Dipika 1986 yil emas, balki 1984 yilda dunyoga kelgan. «Sevishdan qo‘rqma» filmi ekranga chiqqanida aktrisa 19 yosh emas, balki 21 yoshda bo‘lgan.

«Yigitlar bilan uchrashmayman», degan edi 2010 yilgi intervyusida aktrisa. Bu gaplar barchaning kulgisini qistatdi. Sababi, kino olamiga kirib kelguniga qadar Dipika uch yil Nixar Pandey ismli yigit bilan uchrashgani, keyin esa Ranbir Kapur uchun uni tashlab ketgani hech kimga sir emasdi.

Bollivudda ekranga chiqishi kutilayotgan filmga qiziqishni orttirishning eng yaxshi usullaridan biri kattagina mojaroga aralashish sanaladi. Bu usuldan Dipika ham foydalangan. «Yangi yilingiz bilan» filmi ekranga chiqishidan avval aktrisaning filmdagi ochiq-sochiq liboslardagi raqsi tufayli chigallik yuzaga keldi. Film treyleri namoyish etilgach, «Times of India» nashri aktrisani keskin tanqid qildi. Bundan g‘azab otiga mingan aktrisa o‘zining imkoniyatlari hamda haq-huquqi haqida ko‘p gapirdi. Xullas, nashrning raqsi va liboslari borasidagi tanqidi o‘rinsiz ekanligini aytib, muxbirlarga e’tiroz bildirdi. Ammo bundan bir yil muqaddam Dipikaning o‘zi Katrina Kaifning dengiz bo‘yida dam olish vaqtida cho‘milish kiyimidagi suratlari tarqalib ketganida uni tanqid qilib, odob-axloqdan dars berganini unutib qo‘ygandi. Lekin bu ko‘pchilikning esida turgan ekan. Shundan so‘ng Dipika barchaning ko‘z o‘ngida ikkiyuzlamachilikning yorqin namoyondasi bo‘ldi-qoldi.

Dipikaning hozircha oxirgi yolg‘oni 2016 yilda bo‘ldi. «Piku» filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topilganida «Filmfare» mukofotini olish uchun sahnaga chiqqan Dipika otasining xatini o‘qib, ko‘pchilikning ko‘ziga yosh keltirgan edi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay, bu Prakash Padukonning qiziga yozgan ta’sirli xati emas, balki yozuvchi Sudxi Menonning «Meros: mo‘’tabar ota-onalarning qizlariga xatlari» nomli kitobidan olingan jumla ekanligi ayon bo‘ldi.

Nima uchun aktrisa bunday yo‘l tutdi va haqiqatni yashirdi, hech bo‘lmasa muallifga iliq so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirishi ham mumkin edi-ku? Xullas, nima bo‘lgan taqdirda ham, bu tomoshabinlarda yoqimsiz taassurot uyg‘otgani, shubhasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Dipika Padukonining yolg‘onlari fosh bo‘ldi