Alisher Uzoqov «Islomxo‘ja» filmida suratga tushish uchun soqolini o‘stirmoqda (video)

  • 20 mart 2018, 07:03
  • 4 509
  • Madaniyat
  • Alisher Uzoqov «Islomxo‘ja» filmida suratga tushish uchun soqolini o‘stirmoqda (video)
    Foto: «Daryo»
    Alisher Uzoqovni efirga soqol o‘stirib chiqqani uchun portalga yozishdi. Bu haqda aktyor «Muzlagan» filmining premerasida jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olinayotgan «Islomxo‘ja» deb nomlangan tarixiy filmda suratga tushish uchun bir necha oylardan buyon soqolimni o‘stirib yuribman. Ko‘pchilik buni notog‘ri tushinib, «nimaga efirga soqolini o‘stirib chiqadi, soqolini olib yursa bo‘lmaydimi», deya portalga ham yozishibdi, o‘zimni qo‘limda bo‘lganida olib tashlar edim, lekin majburman, har holda aktyorman.

    Alisher Uzoqov aktyor va rejissyor


    Alisher Uzoqovga «Islomxo‘ja» filmi uchun har bir aktyorga alohida soqol tayyorlangani haqidagi fikrlarini eslatganimizda aktyor ushbu holatga quyidagicha izoh berdi.

    (Kulib) Menda soch bo‘lmaganiga yarasha soqolim bor. Tog‘risi grim jarayoni juda cho‘ziladi. Mana, hamkasbim Ulug‘bek Qodirovning s’yomka jarayoniga o‘zim borib, uni ko‘rib, qiynaldim. Chunki, u soqolini o‘zi o‘stirmaganligi tufayli, kamida bir soat vaqt soqol yopishtirish uchun sarflayapti. Bu aktyorni biroz bo‘lsada toliqtirib, charchatib qo‘yadi. Yana tabiiylikka hech narsa yetmaydi, tabiiy bo‘lsa muxlislarning bu rolga ishonchi yanada ortadi.

    Alisher Uzoqov aktyor va rejissyor


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Uzoqov «Islomxo‘ja» filmida suratga tushish uchun soqolini o‘stirmoqda (video)