07:30 / 20.03.2018
6 254

Anjelina Joli to‘rtinchi bor turmushga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda

Anjelina Joli to‘rtinchi bor turmushga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli yaqin orada to‘rtinchi bor turmushga chiqadi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

42 yoshli Gollivud yulduzi bu gal aktyorni emas, britaniyalik millionerni tanladi. OAVga ko‘ra, Joli va millionerning ishqiy munosabatlari bir yildan oshiq vaqtdan beri davom etmoqda. Ularni Jorj Klunining rafiqasi Amal tanishtirdi.

«Enji shunchalik sevib qolganidan yaqin orada to‘rtinchi bor nikoh rishtalarini bog‘laydi. Uning o‘zi buni taklif etdi», — deydi aktrisaning dugonasi.

Ma’lumot uchun, Joli oldinroq aktyorlar Jonni Li Miller, Billi Bob Tornton va Bred Pitt bilan turmush qurgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Anjelina Joli to‘rtinchi bor turmushga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda