O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan imzolangan qo‘shma qaror asosida Scorpion trilleri suratga olinayotgani haqida avval xabar qilingandi. UZ24 filmni suratga olish jarayonlari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
Mazkur filmda bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaraladi. Film ijodiy va texnik jamoasini O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi. Filmning suratga olish ishlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Rossiya hamda Marokash davlatlari hududlarida bo‘lib o‘tadi.
Filmda «Osiyo» serialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim suratga tushadi.
Foto: UZ24
Foto: UZ24
Film bosh qahramonlaridan biri (aka roli)ni Farhod Mahmudov ijro etadi. Ikkinchi bosh qahramon (uka roli) ijrochisi hozircha sir tutilmoqda.
Foto: UZ24
Foto: UZ24
Shuningdek, filmda Karim Mirhodiyev, Ra’no Shodiyeva ham suratga tushmoqda.
Foto: UZ24
Scorpion filmining suratga olish ishlari ayni kunlarda Buxoro viloyatida davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi