O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Sug‘diyona” gazetasining jurnalisti bilan bo‘lgan suhbatda oilasidagi ayollar haqida so‘z ochdi.
— Menda qatiyat, shijoat, qattiqqo‘llik bo‘lsa – otamdan, yumshoqko‘ngillik – onamdan. Onam Bahriniso aya o‘rta bo‘ylik, yumshoqko‘ngil inson edilar. Butun umri mehnatda o‘tgan, oiladagi 6 farzandning parvarishi, ro‘zg‘or xizmatlaridan qaddi bukilsa-da, hech nolimagan inson. Butun umr duo qilib o‘tdi, duo qilganda ham o‘ziga so‘ramasdi, balki butun xalqni duo qilardi. 95 yoshlarida yotgan joylaridan ham namoz o‘qib o‘tdilar.
Ayolim onamning duolarini ko‘p olgan, endi o‘zi ham u kishiga o‘xshab borayapti. Uch qizim bor: Shukrona, Bahrona, Mushtariy. Shukrona psixologiyani bitirdi. Bahrona va Mushtariy bu yil talaba bo‘lishdi. Qizlarimiz maktabdan tashqari ilmni uyda olishdi, hozir o‘qishga ham qizlarni mashina olib borib olib keladi, tamom. Ko‘chada ko‘p yurishmaydi, har holda falonchining qizi degan nomlari bor. Qizlarni avaylab-asrash kerak. Qiz bola ko‘proq otasidan xususiyat, fazilat olarkan. Qizlarimga mendan ko‘p narsa o‘tgan, bu quvontiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi