16:22 / 24.03.2018
9 219

Alisher Uzoqov nega san’atni yig‘ishtirmoqchi?

Alisher Uzoqov nega san’atni yig‘ishtirmoqchi?
Aktyor Alisher Uzoqov, jurnalist Sadokat Allaberganova bilan bo‘lgan suhbatda turk seriali “Sevgi iztirobi” haqida so‘zladi.

— “Sevgi iztirobi” serialini ovozlashtirishni o‘z zimmangizga olgandingiz. Biroq efirdan olindi...
— Bu jarayonni boshdan kechirish juda qiyin kechyapti. Serialning 2-faslini judayam ovozlashtirgim kelyapti. Maqsadim dublyaj sohasini rivojlantirish edi. Teletomoshabinlarga ham serial dublyaji manzur kelayotgandi. “Dublyajda yangilik bo‘lar”, deb o‘ylab o‘tirmay, ta’qiq qo‘yishdi. Bu ketishda san’atni yig‘ishtirib, g‘isht tashiyman.

Yo Alisher Navoiy, yo Shukur Burxonov davrida yoki bir necha asrdan keyin tug‘ilishim kerak edi... Moddiy manfaatdorlik bor yerda ijod qilolmayman. Kasbimni yaxshi ko‘rganim uchun ko‘ngil amri bilan baliq suvda suzgandek ishlayman. Biroq “shu aktyorning qilayotgan ishlari ortidan xalqning madaniyati, ma’naviyati oshar”, deya tan olib, qo‘llab-quvvatlab, imkoniyat yaratishmayapti. Balki uzoq yillardan so‘ng “yaxshi aktyor edi-da”, deb xotirlab, tan olishar... Nega san’atning har bir yo‘nalishiga bosh suqib ko‘raman, bilasizmi? Boisi hech birida mukammal ijod qiladigan sharoit yo‘q, atrofimdagilarning dardi pul. Moddiyat, deb yashayversak haqiqiy ijodni kim o‘ylaydi, ma’naviyat nima bo‘ladi?

Serial ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmas ekan. Aslida e’tirozlarni har birini asossiz ekanini isbotlab bera olaman! Vaholanki, mavzusi bir xil bo‘lgan o‘zbek seriali va filmlari telekanallarda berilyapti-ku. Kuni kecha “Otalar so‘zi” ko‘rsatuvida namoyish qilingan o‘zbek filmiga ko‘zim tushdi. Qahramon qiz ichib olib, diskotekada yuribdi. Tunda uyiga qaytib, otasiga baqiryapti. Bu ma’naviyatmi?

— Serialning 2-fasli efirga beriladimi?
— Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham muxlislardan shu savolni eshitaman. Mening qo‘limda hech qanday vakolat yo‘q, oddiy ijodkorman, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov nega san’atni yig‘ishtirmoqchi?