15:27 / 25.03.2018
4 761

Hazar TV telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda

Hazar TV telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda
Ozarbayjonning Hazar TV telekanali orqali namoyish etiladigan “Sirdash” mashhur sayyohlik shousining navbatdagi soni Samarqand bo‘ylab sayohatga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh 19—26 mart kunlari O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Samarqand shahrida bo‘ladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Hazar TV telekanali delegatsiyasi boshlovchi Raxib Aliyarzade, rejissyor Shaxbaz Rasulov, operator El’nur Abbasov tashriflarining birinchi kunida Samarqandda Navro‘z bayrami jarayonlarida ishtirok etishdi. Shuningdek, tur davomida ular Samarqand an’analari hamda me’moriy va etnografik yodgorliklarini o‘rganishadi.

Ozarbayjon televideniyesida Samarqandning turizm, madaniyat, an’analari va me’moriy yodgorliklarining yangi imkoniyatlariga doir hikoyalar o‘z navbatida mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar sonining oshishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy guruhning suratga olish ishlari bayram sayllari, milliy taomlar festivallari, bellashuvlarga boy umumxalq Navro‘z bayramiga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatuvning navbatdagi sonini yanada qiziqarli qiladi.

Ma’lumot uchun, “Sirdash” ko‘rsatuvi Ozarboyjonning “Hazar TV” telekanali orqali har hafta efirga uzatib boriladi. Bu vaqt ichida ko‘rsatuv ijodiy guruhi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib qaytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hazar TV telekanali ijodiy guruhi Samarqand haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda