Yodgor Sa’diyev: «Qizlarimiz ersirab qoldimi?..» (video)

  • 26-03-2018, 15:55
  • 8 733
  • Madaniyat
  • Yodgor Sa’diyev: «Qizlarimiz ersirab qoldimi?..» (video)
    Yurtimizda to‘y marosimlarini ixchamlashtirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, bu borada qabul qilinishi kutilayotgan senat qarorida to‘ylarni tashkil qilishning qat’iy me’yoriy ko‘rsatgichlari belgilab berilishi kutilmoqda.

    Davlatimiz rahbari mazkur mavzuga shaxsan e’tibor qaratib, to‘ylardagi dabdababozlikni qattiq tanqid qilgan edi.

    “Bosh vazirdan boshlab hokimgacha, ijro organi rahbariga to‘y-marosimga borishi man etiladi. Choyxonalarning yonida davlat mashinasi turganini ko‘rgan kunim ishdan olib tashlayman, jinoiy javobgarlikka tortaman. To‘y eng ko‘pi 150 kishiga, osh 200 kishiga bo‘ladi. Birorta rahbar uyida tug‘ilgan kunini ham, to‘yini ham mendan boshlab nishonlamaydi.

    Prezident qaror emas, senatning qarori chiqadi. Qani birortang g‘ing deb ko‘r. U to‘yga borish endi man etiladi. Men o‘zim yuragimdan bilgan holda shuni aytyapman. U hammasi xiyonat bizning xalqimizga, ikkinchidan, to‘y qilishning me’yorini ham yozib beramiz.

    Toshkentda to‘rtta qizi bor odam o‘zini osishi kerak, to‘y qilish uchun. Oddiy odam, oilali, byudjetdan oylik oladigan odam o‘zini osishi kerak. To‘rtta qizini erga berish uchun o‘zini ossa to‘g‘ri bo‘ladi. Nimaga?! Hech qanday imkoniyati yo‘q, baribir bechora qarz oladi, o‘ziga qaramaydi, do‘xtirga bormaydi, faqat shu to‘yga yig‘adi. Kimga kerak bu to‘y? Bo‘ldi, biz oldin tashviqot qilib ko‘rdik, bo‘lmadi bu tashviqot. Xiyonat qilyapmiz xalqimizga, to‘ylarni agar joyiga qo‘ysak, korrupsiya bo‘lmaydi, adolat paydo bo‘ladi. Hamma bir xil to‘y qiladi. ”
    , – degan prezident.

    Yurtimizdagi to‘y marosimlaridan o‘rin olayotgan yangi odatlar to‘g‘risida aktyor Yodgor Sa’diyev ham o‘z fikrlarini bildirdi.

    » » Yodgor Sa’diyev: «Qizlarimiz ersirab qoldimi?..» (video)