19:50 / 27.03.2018
6 712

Hilola Hamidova: "Qanday qo‘shiq kuylamay, hamisha muhokama qilardi, bosim o‘tkazardi..."

Ҳилола Ҳамидова: "Қандай қўшиқ куйламай, ҳамиша муҳокама қиларди, босим ўтказарди..."
Uning o‘zi uchun anglagan haqiqatlari ko‘p. O‘ta sabrli bo‘lsa-da, pichoq suyakka borib qadalganida dosh berishi qiyin. Bir necha yillardan buyon samarali ijod qilib kelayotgan xonanda Hilola Hamidova bilan uchrashuv bahonasida o‘zimizni qiziqtirgan ancha savollarga javob topdik.

— Asli ijodni «Maqomchilar ansambli»dan boshlagansiz-a?
— Yo‘q, ish faoliyatim mazkur ansamblda boshlangan. Ijodni esa milliy va zamonaviy estrada yo‘nalishlarida kuylash bilan boshlaganman.

— Ansamblda ko‘p ishlamadingiz?
— To‘rt yil! Rostini aytsam, u yerning muhiti menga to‘g‘ri kelmadi. Pichoq borib suyakka qadalgach, ketishim kerakligini tushundim. Yosh edim, ayrim hamkasblarimning munosabati sabab ansamblni tark etishga majbur bo‘ldim. O‘zimga qolsa-yu, hozirgacha ish faoliyatimni davom ettirayotgan bo‘lardim. Har zamon ansamblga borib, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovdan yo‘l-yo‘riq so‘rab turaman.

— Bundan chiqdi o‘z xohishingiz bilan ketmagansiz, tazyiq o‘tkazishgan?
— Ha! Ayrimlar bilan kurashishni istamadim, u paytlari asosiy maqsad-muddaom ijod qilish bo‘lgan, vaholanki arqonni uzun tashlab qo‘ygandim.

— Ustoz san’atkor Tavakkal Qodirovning «Shunchamu» qo‘shig‘ini kuylab chiqqaningizda hamkasblaringizdan biri sizga kun bermagan, deb eshitgandim?..
— Faqat shu ashulani deb emas, balki har bir ekrandagi chiqishim, hatto shaxsiy hayotimgacha salbiy munosabatlar bo‘lgan. Qanday qo‘shiq kuylamay, hamisha muhokama qilinardi. Har kuni o‘zingizga nisbatan bosim qilinayotganini ko‘rib, bilib yashash juda qiyin.

— Ehtimol o‘sha odam sizga hasad qilgandir?
— Bir nima deyolmayman, bir menga emasdi uning bunday munosabati. Boshqalar indamay chidashlari mumkindir, ammo Navro‘z bayrami tantanasida mening ovozim bilan ijro qilingan qo‘shiqni kuylab chiqqanida, «yorildim». O‘sha joyning o‘zida «Yetar bas» deya ansambldan ketishimni aytganman.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hilola Hamidova: "Qanday qo‘shiq kuylamay, hamisha muhokama qilardi, bosim o‘tkazardi..."