08:53 / 29.03.2018
4 496

Rossiyalik mashhur xonanda Vitaliy Grachev qamoqqa olindi

Rossiyalik mashhur xonanda Vitaliy Grachev qamoqqa olindi
So‘nggi xabarlarda aytiladiki, xonandani dala hovlisida bo‘la turib, mast ahvolda sovuq quroldan foydalanganlikda ayblashdi. Odinsov shahar sudi Vitasni 7 kun muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Bunga qadar xonandani politsiya vakillari mayda bezorilik sodir etganlikda ayblab, 500 rubl miqdoridagi jarimaga tortishgandi. Bu gal esa prokurorlar jazo 7 kun emas, balki 15 kun bo‘lishiga erishish uchun harakatga tushishgan.

Politsiya bayonnomasida ta’kidlanishicha, u 22 mart kuni Moskva viloyati, Odinsov shahridagi dala hovlisida, aniqrog‘i, dala hovli ro‘parasida, ko‘chada sovuq quroldan ketma-ket o‘q uzgan. Xonanda esa qo‘lidagi qurol bo‘sh patron otadigan to‘pponcha ekani, qarg‘alarni qo‘rqitib haydash uchun o‘q uzganini aytib turib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Vitas ilgari ham ko‘p marotaba politsiya nazariga tushishga ulgurgan. Aksar hollarda xonanda barlar, kafelarda mushtlashuvlar uyushtirib, ma’muriy jazoga tortilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik mashhur xonanda Vitaliy Grachev qamoqqa olindi