17:33 / 29.03.2018
11 036

Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qayerga taklif qilmoqchi?

Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qayerga taklif qilmoqchi?
San’at olamida faol ijod qilib kelayotgan Jasur Umirov haqida o‘qish uning muxlislariga har doim qiziq. Ishonamizki, galdagi suhbatdan ham o‘zingizga kerakli ma’lumotlarni olasiz.

— Qaysi bo‘lib o‘tgan ishdan afsuslanasiz?
— Avvalo, keyin atang deb qolmaslik uchun o‘ylab qadam tashlashga harakat qilaman. Ammo ba’zida shoshqaloqligim pand beradi-da. Bundan bir necha yil ilgari «Kabutarim» qo‘shig‘ini klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev bilan suratga olgandik. O‘shanda, Narimon menga ustozdek bo‘lib qolgan Anvar Sanayevni klipga chaqirgan. Menga bu taklifni aytganida biroz ikkilangan bo‘lsam ham, negadir rozi bo‘lganman. Tayyor klipni ko‘rgach esa birinchi navbatda o‘zim biroz uyalib qolganman. To‘g‘risi, Anvar aka ham xafa bo‘lganlar. Ana shu ishimdan bugun afsusdaman.

— Ota-onangizni qaysi iltimoslarini shu kungacha bajara olmayapsiz?
— Ular menga «Uyga ertaroq kel», deb ko‘p tanbeh berishadi. Lekin sohamizni o‘zingiz yaxshi bilasiz, gohida tongacha ham ijod qilishimizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ularning hech bu aytganlarini bajara olmayapman.

— O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida ta’lim olganingizda qaysi fanni umuman yoqtirmasdingiz?
— Raqsga tushishni yoqtirmaganim uchun «Sahna raqsi» darsiga kirishni xohlamasdim.

— Qaysi fan o‘qituvchisidan ko‘proq tanbeh eshitgansiz?
— Deyarli barcha domlalarim darslarga kelmaganim uchun meni urishardi. Bunga odatlanib qolgandim (kuladi). Lekin bu men tomonimdan yo‘l qo‘yilgan katta xatoligini anglaganman.

— Kelajakda turmush o‘rtoq tanlayotganda nimalarga ahamiyat berasiz?
— Birinchi o‘rinda mengacha biror yigit bilan gaplashmagan bo‘lishi shart. Ikkinchidan, albatta, bir ko‘rishda unga oshiq bo‘lishim kerak. Uchinchidan esa meni va kasbimni tushunishini istardim.

— Jasur, ko‘proq oshiqlik bobida ko‘proq Farhodga o‘xshaydimi yoki Otelloga?
— Men rashk borasida Otellodan ham o‘tib tushaman. Tan olib oldindan aytib qo‘ya qolay, oddiy qarash yoki yarimta so‘zning o‘zi rashkimni keltiradi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im shunga tayyor bo‘lishi shart!

— Samarqandning qaysi udumini yaxshi ko‘rasiz?
— Kelinni olov atrofida aylantirib, keyin uyga olib kirib ketishlari yoqadi. O‘zim ham shuni an’anaga rioya etaman, deb niyat qilganman.

— Chiroyli gullari bor bog‘, dengiz sohili yoki zamonaviy restoran. Sizningcha, romantik uchrashuv uchun eng chiroyli joy sanalganlardan qay biri?

— Albatta, dengiz sohili. Nasib qilsa, oilali bo‘lgach, turmush o‘rtog‘imni moviy dengiz bo‘yida sayr qildiraman.

— Sevgan insoningizga nimani umuman sovg‘a qilmaysiz?
— Gul! Negadir, menga gullar yoqmaydi. Menimcha, guldan boshqa juda ko‘p noodatiy sovg‘alar bor.
ALIYa tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jasur Umirov sevganini romantik uchrashuvga qayerga taklif qilmoqchi?