07:32 / 05.04.2018
6 396

Manzuraning yangi klipi bilan bog‘liq 6 fakt (foto, video)

Manzuraning yangi klipi bilan bog‘liq 6 fakt (foto, video)
3 aprel kuni xonanda Manzuradan nihoyat kutilgan klip premyerasi bo‘lib o‘tdi. Quyida klip suratga olish jarayoni bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

1. “Xiyonat qilmadim” taronasiga klipni suratga olish uchun 2-3 kun vaqt sarflangan.
2. Manzura Terlan Novxani bilan tanishganida, ozarbayjonlik xonanda unga duet kuylashni o‘zi taklif qilgan.
3. Binoning tomidagi kadrlar, kuchli sovuq va shamolga qaramay 10 daqiqa ichida suratga olingan.

4. Klip rejissyori ozarbayjonlik Nail Naiboglu, operator Daler Orujlu.
5. Klip lavhalaridan birining syomkasi, mashhur “Brilliantovaya ruka” filmining epizodlaridan biri suratga olingan ko‘chada bo‘lib o‘tgan.
6. Xonandaning klipdagi obrazi ustida stilist Fevzi ish olib borgan va bu ko‘rinish ozarbayjonliklarning e’tiborini tortgan.

Shuningdek, xonanda klip suratga olishdan tashqari Bokuda maxsus fotosessiya o‘tkazgan. Manzura klip tasvirga olish jarayonida ozarbayjonlik mutaxassislarning syomka maydonida juda tez ishlashlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. “Xiyonat qilmadim” qo‘shig‘ining ilk premyerasi Ozarbayjonning Lider TV telekanalida bo‘lib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzuraning yangi klipi bilan bog‘liq 6 fakt (foto, video)