10:26 / 06.04.2018
8 082

Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?

Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?
O‘z uslubini yarata olgan yosh, iste’dodli xonanda Shahlo AHMEDOVA oxirgi kunlarda respublikamizning turli viloyatlari hamda qo‘shni respublikalarda ijodiy safarlar bilan band bo‘ldi. Darvoqe, u shu yil talabalar safiga qabul qilindi.

Shahlo bilan shu mavzuda suhbatni boshlab, ijodiy yangiliklar va quloqqa chalingan ayrim mish-mishlar haqida gurunglashdik.

— Hozir sirtqi bo‘limning birinchi kursida tahsil olyapman. Bu yil men uchun omadli keldi. Ijodimda yaxshi yangiliklar bo‘ldi, o‘zim istagan yo‘nalishda o‘qishga kirdim. Behad baxtiyorman!

— San’at yo‘nalishida o‘qishni istasangiz, o‘zimizda ham sharoitlar yetarli. Nega aynan GITISni tanladingiz?
— Bir necha yillar oldin O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirdim. Ammo ijodiy imtihondan o‘tolmadim. Negadir, menga past baho qo‘yishdi. Vaholanki, imtihonga puxta tayyorlangandim. Nima sababdan imtihondan yiqildim, bilolmayman. Bu voqea menga juda qattiq ta’sir qildi. O‘z iqtidorimga shubha qilib qolgan paytlarim ham bo‘ldi. Biroq onam tushkunlikka tushib qolishimga qo‘ymadilar. Bugun esa ortda qolgan voqealarni xotirlab, har narsaning bir hikmati bor ekan, deyman. Konservatoriyaga qabul qilishmaganidan so‘ng biroz fursat o‘tib, Moskva shahridagi san’at institutida o‘qishga kirish fikri paydo bo‘ldi. Bu safar yanada puxtaroq tayyorlandim.

— Xo‘sh, u yerdagi o‘qitish uslubi sizga ma’qul bo‘lyaptimi?
— Ha. GITISda badiiy rahbarimiz Rossiya xalq artisti Nadejda Babkina. Bu san’atkorning qo‘lida tahsil olayotganim men uchun katta sharaf. Konservatoriyaga o‘qishga kirolmaganimdan qattiq ranjigandim. Bari ortda qolgan bo‘lsa-da, ijodiy imtihondan o‘tolmaganim bejiz emas ekan, deb o‘ylayman. Axir menga atalgani boshqa ekan-da.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahlo Ahmedova nega Nadejda Babkinaga shogird tushdi?