00:28 / 07.04.2018
3 811

Qatardagi ud festivali Forobiyga bag‘ishlandi (foto)

Qatardagi ud festivali Forobiyga bag‘ishlandi (foto)
2018 yilning 5 aprel kuni Qatardagi opera teatrida boshlangan ud festivalida jahonning 16 mamlakatida 80 nafardan ortiq musiqachilar ishtirok etadi. Festival to‘rt kun davom etishi ma’lum qilingan, deb yozadi O‘MI Matbuot xizmati.

Ushbu festival xalqaro miqyosda ikkinchi marta o‘tkazilayotgani va unda Qatar, Quvayt, Ispaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Yaponiya, Gretsiya, Ummon, Marokash, Suriya va Tunisdan yakkaxon musiqachilar va musiqa guruhlari ishtirok etishi qayd etilgan.

Festival doirasidagi barcha tadbirlar "Forobiy - ikkinchi muallim" shiori ostida o‘tkazilishi aytilgan.

Bundan tashqari, Abu Nasr al-Forobiyning xotirasiga bag‘ishlangan film namoyishi festival ochilish marosimida namoyish etilgan.

Festival doirasida udni yasash sirlari haqida maruzalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qatardagi ud festivali Forobiyga bag‘ishlandi (foto)