Xonanda Lola Yo‘ldosheva beli ochiq adras libosi uchun tanqid qilganlarni mehr va nur taratishga chaqirdi

  • 27 noyabr 2015, 13:02
  • 10 699
  • Madaniyat
  • So‘nggi vaqtlarda xonanda Lola Yo‘ldosheva tomonidan uning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirilayotgan suratlar ko‘pchilik tomonidan tanqid ostiga olinmoqda, deb yozadi «Darakchi» gazetasi.

    Xonanda Lola Yo‘ldosheva beli ochiq adras libosi uchun tanqid qilganlarni mehr va nur taratishga chaqirdi

    «Xonanda kuni kecha adrasdan tikilgan beli ochiq libosda tushgan suratini Instagram’ga joyladi-yu, doimgidan-da ko‘proq e’tirozlar ostida qoldi. Hatto ayrim muxlislari undan yuz o‘girganini ham yashirmadi. Lekin Lola muloyimlik bilan barcha tanqidlarga javob qaytardi», — deb yozadi gazeta.

    «Azizlarim, chin ko‘ngildan barchangizga yaxshilik tilayman. O‘z quvvatingizni yomonlikka sarflamaslikka harakat qiling, uni yaxshi ishlarga yo‘naltiring. Siz uchun tushunarsiz narsalarni va sizga o‘xshamagan insonlarni tanqid qilmaslikka urinib ko‘ring. Nur va mehr taratib, yuz karra ko‘proq muhabbatga ega bo‘ling», — deb yozdi Lola.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xonanda Lola Yo‘ldosheva beli ochiq adras libosi uchun tanqid qilganlarni mehr va nur taratishga chaqirdi