14:30 / 13.04.2018
4 305

2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi

2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 272-son qarori bilan Aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom va 2018–2019 yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, hujjat qator muhim topshiriqlarni o‘z ichiga olgan. Chunonchi, bir oy muddatda yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘i tuzilishi bilan «Respublika kinoprokat markazi» DUK bazasida «O‘zbekkino» tizimidagi kinoteatrlar birlashtiriladi. Unga xususiy kinoteatrlar o‘zaro manfaatli shartlar asosida kirishi mumkin.

1.06.2018 yildan boshlab filmlarni raqamli yetkazib berish maqsadida, ushbu kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali yagona respublika kinoprokat elektron tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulanadi. 2019 yildan mazkur kinoteatrlarda elektron kinochiptalarning tezkor hisobini yuritish va sotishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.

Hujjat 9.04.2018 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2019 yildan boshlab kinoga elektron chiptalar sotiladi