07:04 / 15.04.2018
4 579

Yangi “Terminator” kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Yangi “Terminator” kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
“Terminator” filmining yangi qismini suratga oladigan rejissyor Tim Miller Deadline nashriga bergan intervyusida Arnold Shvarseneggerning o‘rnini qaysi aktyor egallashini ma’lum qildi.

Rejissyorning aytishicha, Shvarseneggerning qahramoni rolini 35 yoshli amerikalik aktyor Gebriyel Luna ijro etadi. Luna asosan televizion loyihalarda ishtirok etgan.

Filmni suratga olish ishlari yozda boshlanadi. Film premerasi 2019 yil 22 noyabrga belgilangan.

Yaqinda 70 yoshli Shvarseneggerning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandi. U o‘ziga kelgach “Terminator” filmida aytgan mashhur “I'll be back” (Men hali qaytaman) iborasiga so‘z o‘yini qilib, “I'm back” (Men qaytdim), deb aytgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yangi “Terminator” kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi