18:30 / 20.04.2018
4 886

Alisher Usmonov Toshkentda o‘tkaziladigan yana bir konsertga homiylik qiladi

Alisher Usmonov Toshkentda o‘tkaziladigan yana bir konsertga homiylik qiladi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 16 may kuni Charli Chaplinning «Katta shahar chiroqlari» filmi namoyishi bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar ovozsiz filmni dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri ijrosidagi musiqa sadolari ostida tomosha qilishi mumkin. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

«Chaplin biz jarlik yoqasida turganimiz va inson hayoti mehmonda o‘tkaziladigan bir onlik kun haqidagi xotiralar ekanligini yaxshi tushungan», — deydi Spivakov.

Mazkur tadbir O‘zbekiston madaniyat vazirligi va rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ko‘magida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, taniqli dirijyor Vladimir Spivakov 2017 yilning 26 aprelida ham Alisher Usmonov taklifiga ko‘ra Toshkentda konsert dasturini taqdim etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Usmonov Toshkentda o‘tkaziladigan yana bir konsertga homiylik qiladi