21:58 / 20.04.2018
9 209

Norasmiy taqiqqa uchragan “Shaytanat” seriali qayta namoyish qilinadi

Norasmiy taqiqqa uchragan “Shaytanat” seriali qayta namoyish qilinadi
90-yillar oxirida suratga olingan “Shaytanat” seriali hatto bugungacha xalqning tilidan tushmaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekison xalq yozuvchisi Tohir Malikning asari asosida suratga olingan serialda 80-yillar voqealari, qo‘shiqchi Elchin va uning atrofidagi mafiyaning taqdiri, qonli qilmishlari tasvirlangan.

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev bilan bo‘lgan suhbatda, ushbu serial tez orada “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali namoyish etilishi haqida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Shaytanat”da bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa’diyev, Hayrulla Sa’diyev, Erkin Komilov, Lutfulla Sa’dullayev, Gulchehra Jamilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Shodiyeva kabi mashhurlar ijro etishgan.

Serial O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qalqon” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ushbu studiyaga O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev rahbarlik qiladi.

Darvoqe, o‘tgan yillarda “Shaytanat” O‘zbekiston telekanallarida norasmiy taqiqqa olingan edi. Telekanallar ushbu serialni oxirgi 15 yil ichida umuman efirga uzatmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Norasmiy taqiqqa uchragan “Shaytanat” seriali qayta namoyish qilinadi