14:53 / 25.04.2018
4 468

Jeyms Kemeronning yangi “Terminator”i qanaqa bo‘ladi?

Jeyms Kemeronning yangi “Terminator”i qanaqa bo‘ladi?
Foto: “Gamer.ru”
Barchaga yaxshi tanish bo‘lgan “Terminator”ning yangi versiyasini suratga olayotgan rejissyor Jeyms Kemeron robotlar va insonlar kurashi tasvirlanadigan mazkur film avvalgilaridan qanday farq qilishini so‘zladi. Bu haqda “Xabar” nashri ma’lum qilmoqda.

“Biz terminator haqidagi yangi film ustida ishlayapmiz. Terminator bilan bog‘liq filmlar doim sun’iy intellekt haqida hikoya qiladi. Lekin men hozir bu g‘oyani 1982 yilda avvalgi «Terminator”ni ishlagan paytimdan boshqacharoq ko‘rayapman. U paytda “texnologiyalar, aqlli kompyuterlar yomon” edi. Endi esa istiqbol ancha murakkablashgan. Shunday ekan, “aqlli kompyuterlar yomon, lekin...” motiv yangi», — dedi Kemeron.

Yangi “Terminator”ning premyerasi 2019 yilning 22 noyabriga belgilangan. Unda terminator obrazini aktyor Gebriyel Luna gavdalantiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jeyms Kemeronning yangi “Terminator”i qanaqa bo‘ladi?