Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan «Shaytanat» seriali 1 maydan boshlab «O‘zbekiston» telekanalida efirga uzatila boshlanishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, serialning efirga uzatilish sanasiga o‘zgartirish kiritilgan. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Bugun, 30 aprel kuni serial haqidagi ko‘rsatuv suratga olinadi, efirga ketmaydi. Suratga olishdan so‘ng, ko‘rsatuv sifatida tayyorlanib, 2018 yil 14 may kuni 1 soatlik tok-shou efirga uzatiladi va undan keyin «Shaytanat» serialining namoyishi boshlanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning «Shaytanat» asari o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.
Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan «Shaytanat» seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi