18:57 / 04.05.2018
7 684

«Sevimli» telekanali orqali Rasululloh alayhissalom haqlarida serial namoyish etiladi (video)

«Sevimli» telekanali orqali Rasululloh alayhissalom haqlarida serial namoyish etiladi (video)
«Sevimli» telekanali orqali Ramazon tuhfasi sifatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida «Hoshimiylardan chiqqan oy» nomli 30 qismdan iborat serial namoyish etiladi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar qilingan.

Ma’lum qilinishicha, serialda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bolalik, o‘smirlik va yetuklik davrlari, u zotga ilohiy vahiy kelishi, birinchi musulmonlarning e’tiqod yo‘lidagi sharaf va mashaqqatlari, dinimizning keng yoyilib borilishi haqida hikoya qilinadi.

Qayd etish kerak, avvalroq «MilliyTV» telekanali «Umar ibn Xattob» nomli serialni namoyish etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Sevimli» telekanali orqali Rasululloh alayhissalom haqlarida serial namoyish etiladi (video)