09:02 / 08.05.2018
5 003

Huseyn Baydemir: «O‘zbek xalq ertaklari turk bolalarini davolayapti»

Huseyn Baydemir: «O‘zbek xalq ertaklari turk bolalarini davolayapti»
Foto: «XXI asr»
2018 yil 5 may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning 70 yilligiga bag‘ishlab Turkiyaning Otaturk universiteti professori Huseyn Baydemir bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Huseyn Baydemir u tomonidan turk tiliga o‘girilgan «O‘zbek xalq ertaklari» kitobi turk shifoxonalarda bemor bolalarga o‘qitilayotgan va mazkur ertaklar bolalar ruhiyatida katta ijobiy o‘zgarishlar yasayotgani haqida to‘lqinlanib so‘zlab berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Tog‘ay Murodning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xotira kechasida professor Huseyn Baydemirning ma’ruzasi videolavha tarzida namoyish etilgan edi. U Turkiyada Tog‘ay Murod ijodidan qilinayotgan badiiy tarjimalar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida atroflicha ma’lumot berib, «Asarlarini o‘qib bildimki, Tog‘ay Murod o‘zbekning iztiroblarini chuqur his qilgan, o‘zi ham hayotda el dardi bilan yashagan. Shuning uchun ham uning kitoblari xalq tarafidan sevib o‘qilmoqda», deya ta’kidlagandi.

Ma’lumot uchun, Huseyn Baydemir 1972 yili Arzirumda tug‘ilgan. 1990–1994 yillari Otaturk universitetining adabiyot fakultetida tahsil olgan. 1998 yili «Rustamxon dostoni: matn va tahlil» mavzusida magistrlik, 2004 yili «O‘zbek xalq ertaklari: tahlil va matn» mavzusida doktorlik (PhD) dissertatsiyasini yoqlagan. Hozir shu oliy o‘quv yurtida talabalarga o‘zbek tili va adabiyotidan saboq beradi. «O‘zbek afsonalari» (2011), «O‘zbek xalq ertaklari» (2013), «Turk dunyosi oshiq adabiyoti» (hammualliflikda) kabi kitoblar muallifi.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan tashqari zamonaviy olim va adiblarimiz G‘ozi Olim Yunus, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Hodi Zarif, Odil Yoqubov, Erkin Vohidov va Tog‘ay Murodning ilmiy-ijodiy merosi haqida izlanishlar olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Huseyn Baydemir: «O‘zbek xalq ertaklari turk bolalarini davolayapti»