11:38 / 13.05.2018
6 593

Nima uchun xonanda Rayhonning klipi «O‘zbekkonsert» badiiy kengashidan o‘tmadi?

Nima uchun xonanda Rayhonning klipi «O‘zbekkonsert» badiiy kengashidan o‘tmadi?
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon G‘aniyeva tomonidan kuylangan qo‘shiq matni mantiqan mukammal emas deb topildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz’ga ma’lum qildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon G‘aniyeva tomonidan «Yurak» Xamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev musiqasiga oligan klip xususida. Kengash a’zolari tomonidan qo‘shiq so‘zlari mantiqan mukammal emasligi hamda, klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun qayta ishlash tavsiya etildi.

Yoshlarimiz ushbu xonandaning qo‘shiqlaridan xushnud bo‘lishini ta’kidlab, bu mavzudagi qo‘shiqlarning so‘zlariga juda jiddiy yondoshish kerakligi, shuningdek, unvonga munosib qo‘shiq kuylanishi zarurligi tushuntirilib, ushbu qo‘shiqni namoyish etish uchun kadrlarni to‘g‘rilash zarurligi ta’kidlandi.

«O‘zbekkonsert» davlat muasassasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nima uchun xonanda Rayhonning klipi «O‘zbekkonsert» badiiy kengashidan o‘tmadi?