10:30 / 15.05.2018
5 752

Dilmurod Sultonov Ozoda Saidzoda bilan qanday hamkorlik qildi?

Dilmurod Sultonov Ozoda Saidzoda bilan qanday hamkorlik qildi?
“Nihol” mukofoti sovrindori Dilmurod Sultonovdan ijodiy yangiliklarning keti uzilmayapti...

“Isqoq” va “Asl san’at fidoyilari” nomli qo‘shiqdan so‘ng yana bir ajoyib yangilikni tayyorladi. Navbatdagi tarona “Sovchilar” deb nomlandi.

Alisher Shaydo so‘zi va Sherzod Abdullayev musiqasi asosida yaratilgan qo‘shiqqa trek va syujet asosida klip ham suratga olindi. Ammo bu hali hammasi emas. Xonanda yaqin kunlarda katta sirlardan biri oshkor bo‘lishini ma’lum qildi.

— Ustoz san’atkor Ozoda Saidzoda bilan hamkorlik qilayapmiz. Ammo sirni oldindan oshkor etish niyatim yo‘q. Bo‘lmasa, qizig‘i qolmasligi aniq, – deydi xonanda Dilmurod Sultonov. — Aminmanki, bu yangilik ko‘pchilikka ma’qul bo‘ladi.

Kim bilsin, xonanda oshkor etishni istamagan yangiligi duetdir yoki Ozoda Saidzoda yosh ijodkorning qo‘shig‘iga musiqa bastalab berdimikan?!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilmurod Sultonov Ozoda Saidzoda bilan qanday hamkorlik qildi?