San’atkorlar tipirchilab qolishdi: "To‘y bo‘lmasa, qanday kun kechiramiz?!" (video)

  • 23 may 2018, 13:01
  • 9 321
  • Madaniyat
  • Санъаткорлар типирчилаб қолишди: "Тўй бўлмаса, қандай кун кечирамиз?!" (видео)
    To‘ylar mavsumida ancha katta o‘zgarishlar kutilayotgan bir paytda, tabiiyki, san’atkorlar masalasi ham qayta ko‘rib chiqiladi. San’atkorlarga to‘lanadigan haq haddan ziyod yuqorilab borayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lyapti.

    O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “To‘ylarda bitta san’atkor bo‘lsin, degan taklifni bir million aholi berayotgani qolgan o‘ttiz million aholining fikri emas-ku”, deya e’tirozni boshlab bergan. Qolaversa, Abduhoshim Ismoilov, Rashid Xoliqov, Dilso‘z singari xonandalar bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan. “Hech qaysi san’atkor to‘y orqali boyib ketmaydi”, deydi hurmatli Abduhoshim Ismoilov. Qiziq, nahotki?!

    Bitta to‘ydan uch yuz, besh yuz, kerak bo‘lsa, ming dollar olib ketayotgan “iste’dodli” birrovchi san’atkorlarimizning boyib ketishi uchun bu pullar yetarli emas ekan!

    To‘ylar mavzusidan avval to‘yga kelayotgan “san’atkorlar” masalasini yaxshilab ko‘rib chiqish ancha dolzarbroq, nazarimda. Kerak bo‘lsa, jonli ijro uchun alohida, boshqa san’atkorning qo‘shig‘ini xirgoyi qilayotgan guruhlar uchun alohida pul stavkalarini qonunan belgilab qo‘yish kerak. To‘rtta qo‘shig‘ini fonogramma orqali “ijro etib”, AQSh dollarini shaqillatib sanab olayotgan xonandalarimizga hozircha insof tilaymiz.

    “To‘ylar bo‘lmasa, san’atkor qayerdan pul topadi?” degan ayanchli savolingizga xalq javob bermaydi. Chunki xalq sizlarning yozilgan ovozingizga pul to‘lab charchadi!
    Санъаткорлар...

    Тўйлар бўлмаса, САНЪАТКОРЛАР қандай кун кўради? Манба: ЎзМТРК

    Опубликовано UZBEK TV 22 мая 2018 г.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » San’atkorlar tipirchilab qolishdi: "To‘y bo‘lmasa, qanday kun kechiramiz?!" (video)