23:53 / 31.05.2018
7 341

“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va yana uchta xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi

“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va yana uchta xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi
Bugun, 31 may kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga taklif etilgan 85 nafar san’atkordan 4 nafari kelmagani sababli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon, xonandalar Asilbek Ne’matov, Feruza Jumaniyozova hamda Tohir Usmonovning litsenziyalari 2018 yil 31 maydan bekor qilindi. Bu haqdagi qarorni muassasa direktori Odil Abduqahhorov o‘qib eshittirdi va ushbu xonandalar muassasa tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, litsensiya bitimidagi talab shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda oltita masala ko‘rib chiqildi. Ularning ichida xonandalarning odobi, xorijda konsert berish, to‘y-hashamlar, atrof-muhit bilan muomala qilish, kitobxonlik, ya’ni savodxonlik, qo‘shiqlar va videokliplardagi mujmal so‘zlar va shu kabi muammolar muhokama qilindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon va yana uchta xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi