«UzNews.uz» nashri orqali «Gubkin» filialidan 23 nafar talabaning o‘qishdan haydalishi haqida maqola chop etilganidan so‘ng, nashrga Obid Asomov qo‘ng‘iroq qilib, shikoyati borligini bildirgan.
Taniqli qiziqchining ma’lum qilishicha, o‘tgan o‘quv yilida san’atkorning o‘g‘lini «aldab» o‘qishdan haydab yuborishgan va Obid Asomovning o‘zini ham ushbu o‘quv maskani rektori bir necha bora aldagan. U farzandini «tushunib bo‘lmas bahona» sabab o‘qituvchi matematika imtihonlaridan o‘tkazmagan. Talabani universitetda qoldirishning bir yo‘li esa uni akademik ta’til olishi rektor tomonidan maslahat berilgan hamda ta’tilga yozilishi kerak bo‘lgan ariza o‘rniga, talabadan o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan ketishi borasidagi ariza yozdirib olingan. Obid Asomovning o‘g‘liga nega bu shaklda ariza yozding degan savoliga o‘g‘il ham «bo‘ldi hammasi yaxshi bo‘ladi borib, ularning aytganini qil degansizku», deb javob bergan. Talabaning hayotiy tajribasi yo‘qligi, yoshligidan foydalangan universitet tomoni uni o‘qishdan haydagan.
Bu o‘quv dargohida barcha masalalar Moskva orqali hal etilishi, Moskvadagilar nima desa o‘sha ish bo‘lishini rektor aytganini san’atkor xohlagan paytda isbotlab berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.
Obid Asomovning o‘g‘lini o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan ketishi to‘g‘risidagi ariza yozdirib olishdan kimga foyda ekanligini bilmadigu, lekin keyingi talabani qabul qilinishini nazarga oladigan bo‘lsak, bitta talaba haydalib keyingisi kelishi qancha daromad olib kelishini Rossiya davlat universitetining O‘zbekistondagi filiali faoliyati bilan tanish bo‘lganlar yaxshi bilishadi.
Aynan bu Filialdan talabalarning haydalishi va norozilik holatlarining ko‘pligi bo‘yicha “UzNews.uz” jurnalistik surishtiruvni davom ettiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?